Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Eynshteynning choychaqasi


Albert Eynshteyn nazariy fizika bo‘yicha ma’ruza qilish uchun 1922 yilda Yaponiga borgan. Mehmonxonaning mashhur fizik joylashgan xonasiga yuk tashuvchi uning chemondanini olib ichkariga kirganda unga choychaqa berish uchun xamyonini qarasa mayda puli yo‘q ekan. Shunda Albert Eynshteyn mehmonxona stolidan blankani olib nimanidir yozib chemodanni olib kirgan kishining qo‘liga tutqazdi. Mashhur fizik olim unga yuzlanib bu dastxat vaqti kelib Eynshteynda topilmagan choychaqadan ko‘ra ancha mablag’ keltirishini uqtirdi.

Bu bashorat 2017 yil o‘z tasdig‘ini topdi: Isroilda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida Eynshteynning dastxati 1 mln 560 ming AQSH dollariga sotildi. Pulini olish o‘sha chemodanni olib kelib bergan xodimning jiyaniga nasib etdi.

Dastxatga mana bu so‘zlar yozilgan ekan: “Tinch, kamsuqum hayot mudom tinmay muvaffaqiyat ortidan quvishdagidan ko‘ra ko‘proq quvonch keltiradi”.

Buyuk olim bu gal ham donolikda, ham bashoratda kiroyi haq bo‘lib chiqdi.

“Fan va turmush” jurnalidan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!