Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Etnologiya sohasida tadqiqotchilar uchun oʼziga xos mahorat maktabi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti Yosh olimlar kengashi tomonidan ilmiy seminarlar tashkil qilinmoqda. Shunday seminarlardan biri “Аntropologiya va etnologiyaga kirish” mavzusida oʼtkazildi. Mavzu yuzasidan “Аntropologiya va etnologiya” markazi boshligʼi tarix fanlari doktori, professor Аdhamjon Аshirov chiqish qildi. Maʼruzada fanning rivojlanish tarixi, Oʼzbekistonda va jahonda olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar hamda antropologiya tushunchasi va uning tadqiqot obyektlari borasidagi qarashlar bilan tanishtirdi.

 

Shuningdek, fanning oʼrganilishi metodologiyasi hamda antropologiya yoʼnalishining asosiy muammolari borasida toʼxtalib oʼtildi. Etnologiya va antropologiya sohasida olib borilayotgan ishlar hamda Markazning oldida turgan maqsad va vazifalar bilan atroflicha tanishtirdi. Ushbu maʼruza va unda koʼtarilgan masalalar etnologiya sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh izlanuvchilar uchun oʼziga xos mahorat maktabi boʼldi deyish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!