Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Energiya tejamkorligi va innovatsion gʻoyalar


2018-yil 25-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tashabbusi bilan tashkil qilingan «Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish: yangi tadqiqotlar, texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi. Unda respublikamizdan, shuningdek, AQSH, Germaniya, Rossiya hamda Ukraina kabi davlatlardan yetakchi olimlar ishtirok etdi.

  

Ilmiy-amaliy anjumanning birinchi kunida qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishning zamonaviy fundamental va amaliy masalalari, energiyani bir turdan boshqa turga oʻzgartirish jarayonlarini modellashtirish, ularning ekologik jihatlari, innovatsion texnologiyalar va oʻqitish uslublari kabi mavzularga tegishli keng qamrovli masalalarga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!