Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bir marta foydalaniladigan notoʼqima matoli jarrohlik toʼplamlarini radiatsiyaviy usulda zararsizlantirish


Hozirgi kunda tibbiyotda polipropilen asosida ishlab chiqilgan notoʼqima matolar tibbiyot xodimlari va bemorlarning tozaligini hamda gigienasini taʼminlash uchun ishlatilmoqda. Notoʼqima matolari yengil, mustahkam va bakteriyalar oʼtkazuvchanligi boʼyicha paxta matolariga nisbatan 10 baravar yaxshi himoya qiladi. Notoʼqima matolarning har xil turlari mavjud: SMS (spanbond-meltblaun-spanbond), Spanleys (fibrella), laminatsiyalangan Spanleys, Spanbond va laminatsiyalangan Spanbond. Tibbiyotda asosan SMS, Spanleys va Spanbond notoʼqima matolardan tayyorlangan bir martalik buyumlar ishlatiladi, chunki ular havoda zaharli birikmalar hosil qilmaydi. Ushbu matolardan bir martalik foydalaniladigan xalatlar, choyshablar, baxillalar, niqoblar, bogʼlagichlar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bir marta foydalaniladigan jarrohlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zichligi ~45 g/m2 oʼlgan SMS notoʼqima matolaridan foydalaniladi. Notoʼqima SMS matolari oʼzidan bakteriyalarni oʼtkazmaslik noyob xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan arzonligi tufayli bugungi kunda tibbiyotda keng qoʼllanilmoqda.

Hozirgi vaqtda bir marta foydalaniladigan tibbiyot buyumlarini zararsizlantirish tezlashtirilgan elektronlar manbalari, yaʼni, elektron tezlatgichli qurilmalar yordamida radiatsiyaviy usul bilan amalga oshirilmoqda. Respublikamizda FА Yadro fizikasi institutida “Elektronika U-003” elektron tezlatgichi qurilmasida radiatsiyaviy usul bilan notoʼqima matodan tayyorlangan bir martalik jarrohlik toʼplamlarini zararsizlantirish mahsulotlarni hajmi boʼyicha bir xil sterillanganligini taʼminlagan holda va ularning mustahkamligini saqlagan holda amalga oshiriladi. Notoʼqima matodan tayyorlangan bir marta foydalaniladigan jarrohlik toʼplamlari soatiga 1,2 m3 ishlab chiqarish quvvati bilan is’temolchilarga yetkazib beriluvchi germetik qadoqlangan holda zararsizlantiriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!