Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashuv tashkil etildi


2021-yil 30-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Mirzayev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvda FA Qoraqalpoq bo'limi raisi, akademik N.Aimbetov, Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha oliy o'quv yurtlarining rektorlari, professor-o'qituvchilar, maqsadli doktorantlar va doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O'zR FA prezidenti, akademik B.Yuldashev bu yil mamlakatimizda fizika va chet tillarini o'rganish asosiy yo'nalish sifatida belgilanganligi, bu yo'nalishda keng ko'lamli ishlar olib borilishi rejalashtirilganligi haqida gapirdi. Ilm-fan oldida turgan muhim vazifalar, yoshlarni ilm-fanga jalb qilish masalalariga alohida to’xtalib o’tdi. Uchrashuv davomida B.Yuldashev ishtirokchilarning fikrlarini tingladi va ularning savollariga javob berdi.

Uchrashuv qizg'in savol-javoblarga va bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!