Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tashabbusi bilan axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dunyoning ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalari “Checkpoint Software Technologies” Ltd (Isroil), “Global Security Shevach Group” Ltd (Isroil), “Yevrotelekom” Ltd (Ukraina) vakillari ishtirokida “Axborot xavfsizligi arxitekturasi va konsepsiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

  

Ushbu seminarning asosiy maqsadi, tahlilchilarga axborotni vizual tahlil qilish usulini qo‘llash imkoniyatini yaratib beradigan “IBM i2” kabi dasturiy mahsulotlarni taqdim etish, bugungi kunda bozorning 50% dan ortig’ini egallagan geografik axborot tizimlari sohasida muammolarni hal etish uchun ishlab chiqilgan “ArcGIS” dasturiy mahsuloti va “Checkpoint Software Technologies” Ltd va IBM kompaniyalarining dasturiy yechimi asosida ishlab chiqilgan kiber xavfsizlik (SCADA muhofazasini o‘z ichiga olgan holda) sohasidagi muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot va boshqa axborot sohasidagi ishlanmalarni namoyish etishdan iborat.

Seminarda turli mamlakatlar, hududlar hamda aqlli shaharlarni boshqarish tizimlari, biznes va xizmatlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar, tashkilotni boshqarish uchun mobil ilovalardan foydalanish tajribasi, shuningdek, zamonaviy o‘zgarishlar sharoitida IT-mutaxassislarni malakasini oshirish va intensiv o‘qitish  masalalari muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!