Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Arxivshunoslikka kirish” mavzusida ilmiy seminar oʼtkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti Yosh olimlar kengashi tomonidan ilmiy seminarlar tashkil qilinmoqda. Shunday seminarlardan biri “Arxivshunoslikka kirish” mavzusida oʼtkazildi. Mavzu yuzasidan tarix fanlari doktori, dotsent Muhayyo Isoqova chiqish qildi. Maʼruzada arxivlarning paydo bo`lish tarixi, arxivlarning jamiyat hayotida tutgan o`rni hamda ahamiyati, shuningdek, arxivshunoslik fanining yuzaga kelish sabablari va rivojlanish omillari borasidagi qarashlar bilan tanishtirdi.

 

Shu bilan birga, O`zbekistonda joriy arxiv, O`zarxiv agentligini faoliyati, yechimini kutayotgan muammolar hamda tadqiqtotchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash madaniyati, malakasi borasida fikrlar bildirildi. Shuningdek, Arxivshunoslik fanining istiqbollari, soha doirasida yosh kadrlarni tayyorlash borasidagi maqsad va vazifalar bilan atroflicha tanishtirdi. Ushbu maʼruza va unda koʼtarilgan masalalar arxiv hujjatlari bilan ishlayotgan va arxivshunoslik sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh izlanuvchilar uchun oʼziga xos mahorat maktabi boʼldi, deyish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!