Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Аrxeologiyada GIS tadqiqotlari” nomli onlayn ma’ruza bo’lib o’tdi


OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimlari va doktorantlari tomonidan onlayn maʼruzalar tashkil etilmoqda. Ushbu maʼruzalar ZOOM platformasida nafaqat Oʼzbekiston, balki Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ham qiziqish bilan tinglanmoqda. Аna shunday maʼruzalardan biri FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi H.Hoshimov tomonidan amalga oshirildi. Maʼruza “Аrxeologiyada GIS tadqiqotlari” deb nomlandi. Uning taʼkidlashicha, soʼnggi yillarda arxeologiya fanida olib borilayotgan tadqiqotlarda geografik axborot texnologiyalariga asoslangan tadqiqotlar koʼlami kengaymoqda. GIS bu avtomatlashtirilgan maʼlumotlar tizimi boʼlib, uning asosini fazoda qayta ishlanadigan geografik maʼlumotlar tashkil etadi. Аrxeologik obyektlarning fazoviy bogʼlanishi bu tizimning ahamiyatini oshiradi. GIS maʼlumotlarni boshqarish uchun kuchli va moslashuvchan tizimdir.Uning oddiy maʼlumotlar bazasini boshqaruvchi tizimdan farqi u 2 yoki 3 oʼlchovli fazoviy maʼlumotlarni geografik holatini aniq koʼrsata oladi. Eng asosiysi GIS alohida geografik hududlarning arxeologik axborot tizimlarini yaratish, arxeologik yodgorliklarni qazish rejalarini, qadimiy xaritalarni oʼrganish va paleorelefini yaratish uchun qulay va faol tizimdir.

 

Umuman olganda maʼruzada GISning paydo boʼlishi tarixi va uning bosqichlari va qaysi sohalarda ishlatilishi xaqida maʼlumotlar berildi. tadqiqotchi yana GIS programmasi uchun asosiy hisoblangan maʼlumotlar bazasi va ularning turlari haqida, yaʼni VEKTOR va RАSTR maʼlumotlarni yaratish yoki internet tarmogʼi orqali sunʼiy yoʼldoshlarning maʼlumotlar bazasidan foydalanish kabi masalalarga toʼxtalib oʼtdi.

Maʼruzachi GIS programmasining arxeolog-tadqiqotchi uchun bir qator qulayliklar berishini, yaʼni vaqtning tejalishi va mavzuga doir maʼlumotlar baʼzasini yoki xaritasini yaratishi mumkinligini alohida taʼkidladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!