Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Arxeologik tadqiqotlar: Soʼfon mozor-qoʼrgʼonlari


Fargʼona vodiysi qadimgi chorvador va ziroatkor aholisi mozor qoʼrgʼonlari shu hudud dehqonchilik va chorvachilik tarixiga doir qiziqarli maʼlumotlar beradi. Аna shunday mozor qoʼrgʼonlari Fargʼona viloyatidagi Soʼfon hududida ochib oʼrganildi. Dastlab Soʼfon mozor-qoʼrgʼonlari N.G.Gorbunova tomonidan fanga kiritilgan boʼlib, 1956 – 1961-yillarda olima tomonidan bu yerda 24 ta qoʼrgʼon ochib oʼrganilgan, 1982-85-yillar oraligʼida Fargʼona viloyat oʼlkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi, arxeolog G.P. Ivanov tomonidan mozor-qoʼrgʼonda tadqiqot ishlari davom ettirilib, yana 64 ta qoʼrgʼon ochilgan. Yodgorlikda jami 88 ta qoʼrgʼon tadqiq etilgan. Yangi tadqiq qilingan qoʼrgʼon shartli ravishda 89-qoʼrgʼon deb qayd etildi. Qabrning sharqiy tomoni mayitning chap tomon tos va oyoq suyagi yonidan qabr devoriga suyalgan, yonma-yon qilib qoʼyilgan xurmacha va koʼza, ulardan shimolroqda qoʼy suyagi hamda temir pichoq topildi. Shuningdek, qabr chuqurining shimoli-gʼarbiy tomonida oʼng yelka suyagi yoniga bir dona kosa qoʼyilgan.

Qabrqoʼrgʼon dafn marosimining ajralmas qismi boʼlib, qoʼrgʼon oʼrtasidagi kul qoldigʼi koʼmish ishlari yakunlangandan soʼng olov yoqilib marhumni soʼnggi manzilga kuzatishdagi yakuniy bosqich boʼlgan;

birinchi qabr tasodifiy topilma boʼlib, ikkinchisiga hech qanday aloqasi yoʼq. Manbalar tahlili esa uni soʼnggi bronza yoki ilk temir davriga taalluqli boʼlishi mumkinligini koʼrsatmoqda;

ikkinchi qabr milodiy IV-V asrlarga taalluqli. U oʼtroq dehqonchilik bilan shugʼullangan aholiga tegishli boʼlgan. Fargʼona vodiysidagi qolgan tipdagi barcha qabrlar esa koʼchmanchi chorvador xalqlarga tegishli. Davr nuqtai-nazaridan olganda ham vodiydagi adirlar dastlabki davrda koʼchmanchi chorvadorlar tomonidan oʼzlashtirilib, bu hududlardagi yaylovlardan foydalanib kelingan. Аholi nufuzining ortishi va dehqon jamoalari bilan yaqin munosabatlar taʼsirida adir hududlari ham ziroatchilik maqsadlarida oʼzlashtirila boshlangan.

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Soʼfon hududi Fargʼona vodiysining koʼplab vohalari kabi milod boshlaridan keng koʼlamli ijtimoiy munosabatlarga tortilgan va dehqon jamoalari bilan chorvador xalqlar bu yerda yonma-yon yashagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!