Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi Sharqshunoslik instituti faoliyati bilan tanishdi


Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi Aram Grigoryan O‘zR FА Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdi va Institut rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida elchi Institut hamda M.Mashtots nomidagi “Matenadaran” qadimiy qo'lyozmalar instituti o'rtasida ilmiy aloqalar o'rnatish istagini bildirdi. O'z navbatida, Institit rahbariyati ham tegishli muzokaralar olib borishga tayyoyligini bildirdi. Elchi Aram Grigoryan O'zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda qadimiy qo’lyozmalarni o’rganish va ushbu sohani rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Sharqshunoslik mutaxassisi sifatida Aram Grigoryan tomonlar o'rtasidagi yaqin hamkorlik va uning mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi foydasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

      


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!