Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Amir Temur dunyo adiblari nigohida” nomli ko‘rgazma tashkil etildi


Joriy yilning 19-oktyabrida Temuriylar tarixi davlat muzeyining 25 yilligi munosabati bilan “Amir Temur dunyo adiblari nigohida” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Dunyoning turli burchaklarida taniqli davlat va jamiyat arboblari, olimlar va adiblar o‘z ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shgan munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda.

Amir Temur buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirgani barobarida, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga ham keng yo’l ochgan mumtoz siymodir. Bu ulug‘ zotning hayoti va faoliyati butun dunyo olimlari, adiblari va san’at ahli, shu jumladan san’at namoyondalari, musavvirlar va haykaltaroshlar, me’morlar va bastakorlar, adiblar va dramaturglarning e’tiborini tortib kelgan.

Tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada chet ellik adiblarning Amir Temur timsoli haqida yozib qoldirgan fikr va mulohazalari, shuningdek turli olimlarning asarlari o‘rin olgan. Bunday rang-baranglik Sohibqiron siymosi ijod va san’at namoyondalari tomonidan turlicha idrok etilganligidan dalolat beradi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!