Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Shavkat Ayupov bilan onlayn suhbat o’tkazildi


Joriy yil 4-iyun kuni “Akademik bilan suhbat” onlayn loyihasi doirasida O`zR FA Matematika instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Shavkat Ayupov bilan Prezident maktablari, Mirzo Ulugʼbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati, Аbu Аli Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan 80 nafarga yaqin oʻquvchilar oʻrtasida onlayn suhbat oʻtkazildi.

Onlayn suhbatda akademik Shavkat Ayupov bugungi kunda matematika fanini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganligi, o’quvchi yoshlarni ushbu fanga qiziqtirish va bu borada olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdilar. O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda taʼlim dargohida olayotgan bilimlari bilan o`rtoqlashdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!