Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Sayyora Rashidova “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi


"8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan bir guruh xotin-qizlarni O‘zbekiston Respublikasining faxriy mukofoti - “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga bag'ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlangan ayollar orasida yosh avlodni sadoqat ruhitda tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni ardoqlashda o‘rnak ko‘rsatgan, mamlakat iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga salomoqli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, jonkuyar rahbar, taniqli jamoat arbobi, akademik Rashidova Sayyora Sharafovnaning mehnat faoliyati e’tirof etilib, mazkur sharafli ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Akademik Sayyora Sharafovnaga sihat-salomatlik, uzoq-umr, mustahkam kuch-g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!