Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Naim Karimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti


2018-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida taniqli adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimovtavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari” va “Naim Karimov. Biobibliografiya” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  

Taqdimotda akademiklar, adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.   

   

So‘zga chiqqanlar zahmatkash olimning ilmiy faoliyati o‘zbek adabiyotshunosligida o‘ziga xos maktab yaratganini ta’kidladilar.

Akademik Naim Karimov 1932 yili tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni tugatgandan buyon O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Olim o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi xizmati uchun “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo‘lgan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!