Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аkademik Jaloliddin Azimov bilan onlayn suhbat o’tkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni zoolog, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Jaloliddin Azimov bo’ldilar.

Onlayn suhbat Zoom platformasida “O'zbekistonda parazitologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida bo’lib o’tdi. Unda Prezident maktablari, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biloglar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi.

Akademik Jaloliddin Azimov ishtirokchilarga odam, mahsuldor hayvonlar va madaniy oʼsimliklarda uchraydigan parazitlarning tuzilishi, biologiyasi, tarqalishi, tasnifi, qoʼzgʼatadigan kasalliklari va ularning oldini olish choralari haqida qiziqarli ma’lumotlarni gapirib berdilar. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!