Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“AKADЕMIADA-2018” sport musobaqalarining mini futbol turi o‘tkazildi


Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan. Bu jarayonda aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqalar, sport tadbirlari ularning hayotiy faolligini, mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ham har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Akademiada” sport musobaqalari saralash bosqichi shu yilning 15-23 aprel kunlari o‘tkazildi. Mini-futbol bo‘yicha g‘olib jamoalar final o‘yini esa 2018 yil 29 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zR FA Yadro fizikasi instituti futbol jamoasi faxrli 1-o‘rin, O‘simlik moddalari kimyosi instituti jamoasiga 2-o‘rin nasib etdi.

G‘olib jamaolar tashkilotchilar tomonidan medal va diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

   


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!