Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish sohasida yangi bosqich


Fanlar akademiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4794-sonli qarori mazmun-mohiyati va uning Fanlar akademiyasida ijrosini ta'minlash hamda Qarordan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan onlayn videokonferensiya o'tkazildi. Unda O'zR FA G'.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va M.T.O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari qatnashdilar. Videokonferensiyani FA vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev olib bordi va unda ikkita Institut olimlari o'zlarining fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi. Ishtirokchilar ushbu qarorning qabul qilinishi  O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini seysmik xavfdan himoya qilish sohasini yangi bosqichga olib chiqishi va bu boradagi aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'kidladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!