Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy anjuman o’tkazildi


Xorazm Ma'mun akademiyasi, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi bilan hamkorlikda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1048 yilligiga bag'ishlangan “Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari, Urganch Davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi olimlari, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi, Beruniy tumani hokimligi va respublika OTMlaridan vakillar ishtirok etdilar.

Anjuman ishini Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi, professor Ikram Abdullayev hamda Urganch Davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjar Davletovlar kirish so'zi bilan ochib berib, bu seminar ishi talabalarni, yosh tadqiqotchilarni ilmiy yo'nalishda tarbiyalashda va olim sifatida shakllantirishdagi amaliy ahamiyati xususida alohida to'xtaldilar.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga bel bog'lagan. Yangi O'zbekistonda buyuk allomalarimizning bebaho merosini chuqur o'rganish va uni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari ustuvor masalalardan biriga aylangan. Chunki, raqobatbardosh kadrlarga ehtiyoj tobora kuchayib borayotgan hozirgi zamonda ilm fanning o'rni beqiyosdir.

Anjuman ishida alloma merosini o’rganish, bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqotlarga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!