Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аbdujalil Narimanov ishga tiklandi


Joriy yil 18-yanvar kuni xs.uz (https://xs.uz/uzkr/post/fanlar-akademiyasi-iqtidorli-olimni-nega-ishdan-boshatdi) da eʼlon qilingan maqolaga javoban Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Аbdujalil Narimanov ishi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Yashnobod tumani boʼlimi ijro varaqasini Fanlar akademiyasiga taqdim qildi.

Unga koʼra, А.Narimanovni FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori lavozimiga ishga tiklash toʼgʼrisida topshiriq berilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yil 4-mart kuni Fanlar akademiyasi prezidentining tegishli buyrugʼi qabul qilindi va А.Narimanov Institut direktorligi lavozimiga qayta ishga tiklandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!