Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

2019-yilda bir qancha yangi arxeologik obyektlar o‘rganildi


Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi tomonidan 2019-yil davomida o‘rganilgan va yangi ochilgan arxeologik yodgorliklar, ularda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalariga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Anjumanda 2019-yilda erishilgan muhim natijalar hamda FA Milliy arxeologiya markazi faoliyati haqida Markaz direktori F.Maqsudov tanishtirdi. Xususan, Surxon vohasidagi yuqori paleolit davriga oid birinchi yodgorlik hisoblangan Qoraungurdara g‘ori, fevral oyida Axsikent shahrida olib borilgan qazuv ishlari davomida tayyorlangan obyektlarda birinchi zamonaviy tipdagi “ochiq osmon ostidagi muzey” ochilganligi va shu jarayonda Farg‘ona vodiysida birinchi marta Qoraxoniylar davriga oid devoriy surat qoldiqlarining topilganligi, Poykend yodgorligida miloddan oldingi III-II asrlarga oid qadimiy mudofaa devori qoldiqlari aniqlanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

 

Anjuman yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!