Zilzila epitsentri yoʼnalishini aniqlovchi seysmoskop yaratildi

OʼzR FА M.T.Oʼrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mutahkamligi instituti olimlari tomonidan zilzila epitsentri yoʼnalishini aniqlovchi seysmoskop yaratildi.

Qurilmadan foydalanishning afzalligi shundaki, u zilzila sodir boʼlganda bir necha soniyalar ichida, zilzila epitsentri qaysi tomonda ekanligini aniqlash imkoniyatini beradi.