Sho‘rlangan tuproqlar effektiv melioratsiyasi uchun biosolvent preparati

Biosolvent preparati ionogen polimer va sirt-aktiv moddalardan tashkil topgan. Biosolvent preparati tuproq qatlamlaridan o‘simlik uchun toksik, qiyin eruvchan tuzlarni tez va oson yuvish imkoniyatini beradi. Biosolvent preparatini qo‘llash, suv sarfini va tuproqning sho‘rlanish darajasini 2-3 marotabaga kamaytiradi. Natijada tuproq unumdorligi va uning g‘ovaqligi ortadi. 

Biosolvent preparati bilan yuvilgan maydonlarda hosidorlik 1,4-1,5 marotaba yuqori bo‘lgan. 1 gektar sho‘rlangan yer maydoniga 5 kg Biosolvent preparati kerak bo‘ladi. Respublika qishloq xo‘jaligining Biosolvent preparatiga ehtiyoji 2000 tonnadan iborat.

Biosolvent preparatining samaradorligi Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarida tuz bo‘roni oqibatlarini yo‘qotishda isbotlandi. O'zR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari ishlab chiqqan ushbu preparatni  hozirda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tijoratlashtirishni yo'lga qo'ymoqda.