“Rosgeologiya” delegatsiyasi tashrifi

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga “Rosgeologiya” vakillari D.N.Yurmazov (TPI tijorat shartnomalari bo'yicha direktori), A.S.Kravtsova (Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig'i) tashrif buyurdi. Mehmonlarni O'zR FA vitse-prezidenti B.T. Ibragimov kutib oldi. Uchrashuvda FA Navoiy bo’limi raisi A.U.Mirzayev, Materialshunoslik instituti direktori O.R.Parpiyev, Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori B.S.Zokirov va FAning boshqa xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik, O'zbekiston Respublikasi hududlarining iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun mineral xom-ashyolardan samarali foydalanish va sanoat chiqindilaridan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha qo'shma “Yo'l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish to'g'risida kelishuvga erishildi.