O'zbekiston-Yaponiya: astronomiya sohasidagi hamkorlik

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti va Yaponiya Milliy astronomik observatoriyasi o'rtasidagi hamkorlik 2009-yil 27-martdagi ilmiy-texnik hamkorlik to'g'risidagi Shartnoma va 2014-yil 3-martda tuzilgan qo'shimcha Shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ushbu Shartnomaga binoan noyob astrofizik sharoitlarga ega Maydanak rasadxonasida ko'p rangli fotometriya va astrometriya yordamida yosh asteroid oilalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ikki tomonlama Shartnoma dasturiga muvofiq yaponiyalik mutaxassislar har yili O'zR FA Astronomiya institutiga tashrif buyurib, Maydanak rasadxonasida birgalikda astronomik kuzatuvlar va tadqiqotlar olib boradilar.