Oʼzbek elim Komiljondan ayrilmas

OʼzR FА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida “Oʼzbek elim Komiljondan ayrilmas” kitobining taqdimotiga bagʼishlangan ilmiy-adabiy uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda adabiyotshunos, musiqashunos, folklorshunos olimlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Ular Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodiy faoliyati borasidagi oʼz fikr-mulohazalari bilan oʼrtoqlashdi.                                             

Oʼzbekiston xalq artisti Gulsora Yoqubova, shoir Sirojiddin Rauf, xonanda Sayyora Jumaboyeva va boshqalar hassos sanʼatkor Komiljon Otaniyozov shaxsiyati, uning dilbar kuy-qoʼshiqlari haqida oʼz estaliklarini yigʼilganlarga soʼzlab berdilar. Taqdimot soʼngida, Komiljon Otaniyozovning qoʼshiqlarini uning shogirdlari ijro etishdi va bu barchaga yigʼilganlarga manzur boʼldi.