Oripov Tohir Fotihovich

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti v.b. (2005-yilning 23-noyabridan – 2006-yilning 12-martigacha)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995-y.). Fizika-matematika fanlari nomzodi, biologiya fanlari doktori.

Biofizika sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi

1945-yilning 7-sentabrida Toshkent shahrida tavallud topgan

Xalqaro fan, texnologiya va ta’lim akademiyasi a’zosi etib saylangan (AQSH)

1970-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi О‘zMU)ni tugatgan

О‘zR FA Bioorganik kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya rahbari, О‘zR FA Mikrobiologiya instituti direktori, О‘zR FA Vazirlar mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, О‘zbekiston Respublikasi davlat maslahatchisi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezident v.b. lavozimlarida ishlagan.

Hozirgi kunda О‘zR FA vitse-prezidenti

100 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 12 ta ixtiro muallifi

3 ta fan doktori va 10 dan ortiq fan nomzodini tayyorlagan

2003-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.