Muzeylararo hamkorlik kengaymoqda

O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahri “Sulaymon-Too” milliy tarixiy – arxelogik muzey majmuasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Memorandum madaniyat sohasidagi hamkorlikni, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, madaniyat va muzey ishi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan.

Kelgusida ushbu Memorandumga ko‘ra “Sulaymon-Too” milliy tarixiy – arxelogik muzey majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘rtasida muzeyshunoslik sohasida ekspertlar hamda ma’lumot materiallari almashinuvi, shuningdek, muzey ishi yo‘nalishidagi ilmiy konferensiya va seminarlar to‘g‘risida axborot almashish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.