"Mini-futbol-2019" sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan. Bu jarayonda turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqalar, sport tadbirlari ularning hayotiy faolligini, mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yil 12-13-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan O'zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi sovrini uchun "Mini-futbol-2019" sport musobaqasi tashkil etildi.

 

Unda FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar xodimlaridan iborat 20 ta jamoa o'rtasida qizg'in kurashlarga boy o’yinlar bo’lib o’tdi. O’yinlarning yakuniy natijalariga ko’ra 1-o'rinni Materialshunoslik instituti, 2-o'rinni Astronomiya instituti, 3-o'rinni esa Yadro fizikasi instituti hamda Tarix instituti jamoalari egalladi. G'olib jamoalarga pul mukofoti, medal va diplomlar topshirildi.