“Laktopropolis” biologik faol qoʼshimchasi

Helicobater pylori – oshqozonda yashovchi patogen boʼlib, dunyo boʼyicha 70% aholida uchraydi va u odamlarda gastrit, oshqozonning peptik yarasi va saratonini keltirib chiqaradi. Ushbu infektsiya antibiotiklarni qoʼllash orqali davolanadi, lekin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar sonining ortayotganligi tufayli 30% holatda ushbu terapevtik muolajalarning samarasiz ekanligi qayd etilmoqda. 74% holatda kasalliklarning qaytalanishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, antibiotiklardan foydalanish koʼplab nojoʼya taʼsirlarni keltirib chiqaradi, masalan oshqozon-ichak tizimi mikrob muvozanatining buzilishiga sabab boʼladi.

OʼzR FА Mikrobiologiya institutida “Laktopropolis” probiotik preparati ishlab chiqilgan boʼlib, u oshqozon-ichak tizimi infeksiyalari, shu jumladan, xelikobakter infeksiyasi, profilaktikasi va terapiyasida samarali va nojoʼya taʼsirlarsiz vosita boʼlib xizmat qiladi. Preparat infeksiya qoʼzgʼatuvchisiga antagonistik taʼsir koʼrsatishidan tashqari yalligʼlanishga qarshi, qayta tiklovchi, immunomodulyator taʼsirga ega ekanligi tadqiqotlarda koʼrsatilgan. Bundan tashqari, hozirgi paytda keng qoʼllanilayotgan import qilib olib kelingan gastroprotektorlarga nisbatan “Laktopropolis” preparati yaralarning bitish va chandiqlanish davomiy qisqartirishi (taxminan 2 marta) aniqlangan.

“Laktopropolis” preparatini ishlab chiqarishga joriy etish va aholini ushbu vosita bilan taʼminlash davolanish xarajatlarini sezilarli kamaytirish va Helicobacter pylori bilan zararlangan bemorlar hayot sifatini oshirish imkonini beradi.