“Kindiktepa”dan nimalar ma'lum?

Kindiktepa – Tuyaboʼgʼiz suv ombori (Toshkent dengizi) hududidagi arxeologik yodgorliklardan biridir. Tuyaboʼgʼiz qishlogʼidan 2 km janubda joylashgan.

“Kindiktepa” nomining kelib chiqishi yaqin tarixga borib taqaladi. Bu so`z oʼzbek va turk tillaridagi “kindik” soʼzidan kelib chiqqan. Arxeologlar tomonidan olib borilgan qazuv ishlari natijasida yodgorlikning stratigrafik rejasi Toshkentdagi Shoshtepani eslatishi maʼlum boʼldi. Bu yodgorlik Burgʼuluq madaniyatiga tegishli boʼlib, dastlab qishloq koʼrinishida, keyinroq shahar markazi darajasiga koʼtariladi. Uning nomi tarixiy manbalarda saqlanib qolmagan.

Qazilma jarayonlarida topilgan kulolchilik ashyolari e. av. I - IV asrlarga oid boʼlgan Qovunchi madaniyatini koʼrsatadi. Sopol buyumlarning dastalarida uy hayvonlarining, jumladan, buqa, qoʼy boshining tasviri tushirilgan. Bu tasvirlar Qovunchi madaniyatiga tegishli aholining diniy tasavvurlarini anglatadi.

 

 

Manzilgohdan koʼplab numizmatik materiallar ham topib oʼrganilgan boʼlib, u Oʼrta Osiyoning boshqa hududlari bilan olib borilgan keng iqtisodiy aloqalardan darak beradi.

 

Yodgorlikdan topilgan, Chochda zarb etilgan sosoniylar va qoraxoniylar davri tangalari hamda sirli sopol buyumlari shaharning IX—XII asrlarda yangi taraqqiyot darajasiga koʼtarilgani va savdo iqtisodiy aloqalarda muhim ahamiyatga ega boʼlganidan darak beradi.

  

Hozirgi vaqtda shahar atrofida va uning chekkasida suvning pasayishi natijasida ko'plab past-baland tog'lar paydo bo'lgan. Bu yerda olib borilgan qazishmalarda Qovunchi madaniyatiga xos idishlar, temir pichoqlar, turli asboblar, zargarlik buyumlari bilan birga dafn qilingan katakombalar topildi.