Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish forumi o‘tkazilmoqda

Bugun, 25-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida viloyat hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumi o‘z ishini boshladi.

Forumda ishlab chiqarish tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va olimlar ishtirok etmoqda. Xususan, Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari – Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya, O‘simlik moddalari kimyosi, Umumiy va noorganik kimyo, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, Bioorganik kimyo, Materialshunoslik institutlari, Navoiy bo‘limi hamda Genomika va bioinformatika markazi olimlari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

Forum 26-fevral kuni ham davom etadi.