Ibragimov Baxtiyor To'laganovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti (2018-yildan hozirgi vaqtgacha)

Kimyo fanlari doktori, professor, akademik

Supramolekulyar kimyo fanlari sohasidagi olim

1949-yil 11-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan

1973-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan.

O’zR FA Bioorganika kimyo institutida stajyor-tadqiqotchi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim bo’lib ishlagan.

300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 monografiya va 10 ixtiro muallifi.

3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

2007-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.