Diabetga qarshi dori vositasi

Plantago major L. oʼsimligi polifenollari kompozitsiyasi asosida diabetga qarshi “Plantagin” dori vositasi OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan. “Plantagin” dori vositasi giperglikemiyaning turli modellarida gipoglikemik faollikni namoyon qilib, diabet asoratlari rivojlanishining oldini oluvchi kuchli antioksidant xossaga ega (tibbiyotda qoʼllaniluvchi gliklazid, glibenklazidga nisbatan ancha sezilarli taʼsirga ega).

“Plantagin” eksperimental diabet modelida qondagi glyukoza miqdorini pasaytiradi. Suvda yaxshi eriydi.

Insulinga bogʼliq boʼlgan I turdagi diabetda gliklazidni qoʼllash taqiqlangan bir paytda, “Plantagin” gipoglikemik vosita sifatida qandli diabetning har qanday turida tavsiya etiladi.

Plantago major L. (katta bargli zubturum) oʼsimligidan “Plantagin” substantsiyasini ajratib olish usuli juda sodda va ortiqcha mablagʼ talab etmaydi.

Ishlanma “Diabetga qarshi vosita” sifatida roʼyxatdan oʼtkazilgan va patent olingan.