Bakteriyalar, viruslar va zamburugʼlarga qarshi preparat

OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ilk bor sellyulozaning suvda eruvchan, zaharsiz hosilasi – Na-karboksimetiltsellyuloza va barqarorlashtirilgan kumush nanozarralari asosida nanotexnologik yondashuvlarni qoʼllagan holda bakteriyalar, viruslar va zamburugʼlarning keng doirasiga qarshi yuqori bakteritsid faollikka ega boʼlgan “Baksergel” gidrogelini olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Dori vositalari tasniflagichiga muvofiq preparat kam zaharli moddalar sinfiga mansub. “Baksergel” kuyishdan hosil boʼlgan yaralar va trofik yaralarni davolash, shuningdek, akusherlik-ginekologiya amaliyotida bachadon boʼyni eroziyasini davolashda qoʼllash uchun moʼljallangan. Hozirgi vaqtda preparatning klinikagacha boʼlgan sinovlari nihoyalanib, uning klinik sinovlari respublikaning uchta yetakchi klinikalarida boshlangan. Klinik sinovlar yakunlangach, “Baksergel” preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi “Torimed Farm” MChJ farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish joriy etiladi.