Аkademik Turgʼunpoʼlat Daminov vafot etdi

 

Oʼzbek ilm-fan ogʼir judolikka uchradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fan arbobi, tibbiyot sohasida taniqli olim, OʼzR Fanlar akademiyasi akademigi Daminov Turgʼunpoʼlat Obidovich vafot etdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.