Аkademik Muhabbat Аbidova olamdan oʼtdi

Oʼzbekiston ilm-fani ogʼir judolikka uchradi.

Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olima, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Аbidova Muhabbat Fazilovna

2020-yil 17-avgustida 89 yoshida vafot etdi.

Taniqli olima, mehribon ustoz, kamtarin inson Muhabbat Fazilovna Аbidovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan hamdardlik bildiramiz.