AES qurilish obyektida seysmologik kuzatuv ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan AES qurilishi lozim bo‘lgan maydonda zamonaviy seysmik asbob-uskunalar yordamida kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

      Xususan, Jizzax viloyatidagi  Egizbuloq, Arnasoy, Yassikechuv, Eski Forish, Majrum, Qizilqum va Uchquloch mahalla fuqorolar yig‘inlarida seysmik asbob-uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda eng zamonaviy seysmometrlar (CMG-6TD, CMG-5TDE) yordamida kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Barcha o‘rnatilgan seysmometrlar akkumulyator batareyalar orqali uzluksiz ishlaydi va bu batareyalar Quyosh panellaridan quvvat oladi.