Xorazm Ma'mun akademiyasida «Yoshlar kuni»

2020-yil 30-iyun kuni FA Xorazm Ma'mun akademiyasida “Yoshlar kuni”ga bag'ishlab “Inno Day” tadbiri  o'tkazildi. Tadbirda Xorazm Ma'mun akademiyasi stajyor va tayanch doktorantlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yarim yillik natijalari bo'yicha hisobotlar tinglandi va olingan amaliy hamda innovatsion ishlanmalari ko'rgazmasi tashkil qilindi.

 

Yosh olimlarga Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari o’zlarining tavsiyalarini berdilar. Tadbir so'nggida har chorakda shu kabi tadbirlarni o'tkazishga kelishib olindi.