Salixov Shavkat Ismoilovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2006-yil 12 martdan -2017-yil 10-yanvargacha)

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), biologiya fanlari doktori

Bioorganik kimyo sohasidagi olim, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi

1944 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rstgan fan arbobi (1998 y.)

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni tamomlagan

O’zR FA Bioorganika kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, diretkori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2006-2017 yy) bo’lib ishlagan. Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo’mitasi raisi (2006-2017 yy), Senator (2006 yildan), O’zMU qoshidagi Yuqori texnologiyalar markazi Vasiylik kengashi raisi (2011 yildan) hisoblanadi

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori lavozimida ishlamoqda

350 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 56 ta ixtiro va 40 dan ziyod patent muallifi

7 nafar fan doktori va 25 nafardan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan

2008 yilda "El-yurt Hurmati", 2014-yilda "Mehnat Shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan.