Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag’ishlangan seminar tashkil etildi

Oʼzbekistonda 2020-yil “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan va ushbu yilda amalga oshiriladigan dolzarb masalalarni keng muhokama qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumida “Raqamli smart iqtisodiyoti kontsepsiyasi” mavzuiga bagʼishlangan ilmiy seminar oʼtkazildi. Unda FА ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

  

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi boʼlim boshligʼi, prof. Shoxmansur Shoxaʼzamiy raqamli smart iqtisodiyotning ilmiy kontsepsiyasi, “Raqamli Oʼzbekiston-2030” Milliy dasturi rejasining loyihasi va uning kontekstida Prezidentning raqamli smart iqtisodiyot universitetini 5.0 tashkil etish loyihasi haqida maʼlumot berdi.

Seminar soʼnggida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.