Qoratepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga bagʼishlangan kitob nashr etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti hamda Koreya Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Qoratepa buddaviylik markazida 2011-2014 yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar” nomli kitob nashr etildi.

Mazkur kitobda OʼzR FА Sanʼatshunoslik instituti va Koreya Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti qoʼshma ekspeditsiyasining Koʼhna Termizdagi Qoratepa buddaviylik markazida 2011-2014 yillarda olib borgan arxeologik tadqiqotlarining dastlabki natijalari bayon etilgan. Izlanishlar natijasida Oʼrta Osiyo hududidagi milodiy I asr oʼrtalariga oid ilk asosi aylana koʼrinishidagi buddaviylik stupasi kashf qilingan.