O‘zbekiston va Ozarbayjon: ilmiy hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Milliy markazi direktori Samir Abbosov bilan Institutning yosh olimlar kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Samir Abbosov ko‘p asrlik o‘zbek-ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarishdagi keng ko‘lamli  faoliyati, xususan, Nizomiy Ganjaviy, Imodiddin Nasimiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Maqsud Shayxzoda, Husayn Jovid kabi mashhur so‘z san’atkorlari hayoti va ijodini O‘zbekiston va Ozarbayjonda keng targ‘ib va tashviq etish, asarlarini tarjima qildirish va chop ettirishdagi alohida xizmatlari uchun O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan faxriy diplom va qator kitoblar bilan taqdirlandi.

  

Samir Abbosov o’zbek-ozarbayjon adabiy aloqlari haqida, bugunga qadar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Milliy markazi tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar, qilinishi rejalashtirayotgan loyhalar to’g’risida gapirar ekan, “O’zbekcha-ozarbayjoncha va Ozarbayjoncha-o’zbekcha” lug’atning nashr qilinayotganligi haqida yig’ilganlarni xabardor qildi. Bundan tashqari, o’zbekistonlik tadqiqotchilarning Ozarbayjonda bir, ikki va uch oylik malaka oshirishi uchun tanlovlar e’lon qilingani, kelajakda O’zbekiston matbuotida Ozarbayjon bilan bog’liq materiallarning “Yilning eng yaxshi maqolasi” nominatsiyasi bo’yicha birinchi, ikkinchi, uchunchi o’rinni qo’lga kiritadigan g’oliblari Milliy markaz tomonidan diplom, sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishi va eng muhimlaridan biri Ozarbayjonning Boku shahriga (bir haftalik seminarga) yo’llanma berilishi haqida ma’lumotlar berdi. Uchrashuv ko’tarinki, qizg’in ruhda o’tdi.