O‘zbek arxeologlari va koreyalik madaniyatshunoslar hamkorligining navbatdagi odimlari

2019-yil 4-sentabrda O’zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutida Jongxi Li boshchiligidagi Madaniy meros obyektlarini boshqarish markazi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Arxeologik tadqiqotlar instituti va Janubiy Koreyaning Madaniy meros obyektlarini boshqarish markazi bilan birgalikda 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida arxeologik izlanishlar va madaniy merosni saqlash orqali turizm salohiyatni rivojlantirish” mavzuidagi loyiha borasidagi olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, bu boradagi istiqbolli rejalar borasida fikrlar almashildi.

Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida 2019-yil 18-sentabr – 15-oktabr kunlari Quldortepa arxeologik yodgorligida qazishma ishlarini olib borish va bu boradagi ilmiy natijalarni tahlil qilish, loyiha davomida arxeologiya, konservatsiya va restavratsiya yo‘nalishida ishlar olib borish muhokama qilindi. Ayni vaqtda delegatsiya a’zolari Institutning ilmiy faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.