Kumush va rux oksidi nanozarralari bilan antibakterial tibbiy niqoblar

2020-yilda O`zR FA Yadro fizikasi institutida tibbiy niqoblarni kumush nanozarralar va rux oksidi nanozarralaridan bakteriostatik qayta ishlash texnologiyasi yaratildi.

2020-yil sentyabr oyida Sibir Federal Universitetining (Rossiya) sertifikatlangan laboratoriyasida o'tkazilgan tekshiruvlar yaratilgan texnologiya patogenlar bilan yuqtirishning oldini olish uchun ishonchli to'siq yaratishini va tibbiy niqoblarda uzoq muddat foydalanganda ham patogen mikroblar bo’lmasligini ta'minlashga yordam berishini ko'rsatdi.

Ushbu ishlab chiqilgan texnologiya uchun patent olingan, texnik shartlar ro'yxatdan o'tkazilgan, mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarish uchun barcha kerakli sertifikatlar olingan. Hozirda tajriba partiyasi ishlab chiqarilgan, ammo seriyali ishlab chiqarishni boshlash uchun sarmoyalar jalb etish zarur. Ushbu ishlanma "INNOWEEK 2020" onlayn formatidagi innovatsion g'oyalar haftaligida namoyish etildi.