O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Direktor

Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich

Fan dok. Prof Filolog
uztafi@academy.uz
(+99871) 233-36-50
Bog'lanish
Manzil: 100060, Toshkent sh., Shahrisabz ko`chasi, 5  
Direktor: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich
Тelefon: (+998 71) 233-36-50
Faks: (+998 71) 233-71-44
Sayt: http://tai.uz

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-2789-sonli farmoniga binoan Fanlar akademiyasi huzurida tashkil etildi. Mazkur institut 1934-yilda O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti sifatida tashkil etilib, hanuzgacha respublikamizda folklorshunoslik, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo'nalishlaridagi eng yirik ilmiy markaz hisoblanadi. Institutda 8 ta bo'lim bo'lib, ularda folklorshunoslik, o'zbek adabiyoti tarixi, XX asr o'zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (istiqlol davri adabiyoti), adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, til tarixi, dialektologiya va turkiy tillarni qiyosiy o'rganish, hozirgi o'zbek tili, terminologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalari bo'yicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi.
Institutda 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatadi. Ulardan 1 tasi O'zR FA akademigi, 8 tasi fan doktorlari, 20 tasi fan nomzodlari, 3 ta katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tahskil qiladi. Institutda 1958-yildan beri ikki oyda bir marta chiqadigan «O'zbek tili va adabiyoti» ilmiy jurnali chop etiladi. 
Hozirgi kunda Institutda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari”, “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish”, “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir”, “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish”, “O‘zbek folklorshunosligi tarixi”, “XV asr birinchi yarmi adabiy yodgorliklar tili”, “Alisher Navoiy asarlari  tilining izohli va frazeologik lug‘atlarini nashrga tayyorlash va chop etish”, “Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
AQSH, Germaniya, Frantsiya, Slovakiya, Yaponiya, Rossiya, Eron, Turkiya, O'rta Osiyo davlatlari hamda Qozog'istondagi yetakchi ilmiy markazlarning adabiyotshunos, tilshunos hamda folklorshunoslari bilan olib borilayotgan aloqalar hamda ular ishtirokida ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar va davra suhbatlari tashkil qilinishi Institut faoliyatining muhim jihatlaridandir. Shuningdek, institutda AQSH, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Vetnam singari davlatlarning fuqarolari aspirantura va ilmiy stajirovkada bo'lib, o'zbek tili va adabiyotining turli dolzarb muammolari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar olib borayaptilar.