In vitro usulida olingan anor ko’chatzorlari tashkil etildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil Farg’ona viloyatiga tashriflari chog’ida O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlariga Farg’ona viloyatidagi anor navlarining genetik pasportini yaratish va ularni ko’paytirish bo’yicha topshiriqlar berilgan edi.  Ushbu topshiriqlar ijrosini bajarish uchun markaz olimlari tomonidan Farg’ona viloyatidagi anor navlaridan in vitro usulida turli virusli kasalliklarga chidamli bo’lgan ko’chatlar yetishtirildi. Ushbu tayyorlangan anor ko’chatlari Farg’ona viloyatining Quva tumanidagi “Anorchilar uyushmasi”ga qarashli yer maydoniga ekilib, in vitro usulida olingan ona anor ko’chatzorlari tashkil etildi.