Fanlar akademiyasiga ekspeditsiya avtomobillari sovg‘a qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev joriy yil 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida Fanlar akademiyasi Botanika va Zoologiya institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, keng ko‘lamli dala tadqiqotlarini olib borish, o‘simlik va hayvonot olamining davlat kadastrini yuritish va monitoringini olib borish uchun imkoniyat yaratish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tganlar.

Shu munosabat bilan Respublikaning turli tabiiy-iqlim sharoitlarida tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun O‘zR FA Botanika, Zoologiya institutlari hamda Botanika bog‘iga O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan 3 ta ixtisoslashtirilgan ekspeditsiya avtomobillari sovg‘a qilindi.

Joriy yil 25-noyabr kuni O‘zR FA Toshkent Botanika bog‘ida ushbu avtomashinalarni tantanali topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tadqiqotlarni qulay sharoitlarda olib borish uchun yaratayotgan bu kabi imkoniyatlar ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlashi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.