E’lon qilinishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar ro‘yxati

Fanlar akademiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi cheklangan axborotlar roʻyxati

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatiga doir foydalanilishi cheklangan ma’lumotlar roʻyxatiga kiradi:

1. Fanlar akademiyasi xodimlari shaxsiy ma’lumotlari;

2. Fanlar akademiyasi shtatlar taqsimoti va uning jamlanganligiga doir ma’lumotlar;

3. Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ob’ektlar muhofazasiga doir ma’lumotlar;

4. Fanlar akademiyasi xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi va xizmat intizomiga rioya etishiga doir ma’lumotlar;

5. Fanlar akademiyasi Prezidiumi Hay’at yigʻilishlaridagi  yopiq masalalar;

6. Fanlar akademiyasi rahbar xodimlari huzurida oʻtkazilgan tezkor yigʻilishlarga doir ma’lumotlar;

7. Fanlar akademiyasi ishonch telefoni orqali xabar bergan shaxslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

8. “Xizmatda foydalanish uchun”, “Maxfiy” va “Oʻta maxfiy” grifli hujjatlar va ularning ijrosiga doir ma’lumotlar.

Ushbu roʻyxatga kiritilmagan ma’lumotlardan foydalanishning cheklanishi Fanlar akademiyasi rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.