Arxeolog olimlarimiz tomonidan yangi monografiya nashr qilindi

Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar bo'limi yetakchi ilmiy xodimi Razzoqberdi Abdirimov hamda tayanch doktorant Umid Bekimmetovlar tomonidan "Qadimiy Xorazm qal’alari va ulardagi arxeologik tadqiqotlar" nomli yangi monografiya nashr qilindi.

Ushbu monografiya orqali O’zbekistonda arxeologiya fanining istiqboli va taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, xususan Xorazm vohasidagi qal’alarda dastlabki tadqiqot ishlarini olib borib, moziy sirlarini oydinlashtirishdagi ilmiy xizmatlari dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgan, Ya.G’ulomov, S.P.Tolstovlarning hayoti va faoliyatiga kengroq yoritiladi. Shuningdek boshqa arxeologlarning ham hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilinadi.