Amerikalik olim ishtirokida ilmiy seminar

2019-yil 10-oktabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasining Matematika va aniŃ‹ fanlar bo‘limi qoshida AQShning Stoni Bruk universiteti professori Erik Bedford ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda  akademik A.Sadullaev  va Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etdilar.  Unda ilmiy xodim A.Atamuratovning Parabolik ko‘pxilliklarga bag‘ishlangan ma’ruzasi tinglandi.  Seminardan keyin Professor Erik Bedford Xorazm Ma’mun akademiyasining muzeyi va aniq fanlar bo‘limi bilan tanishdi.